Performans Marketing: Har Bir So'm Maksimal ROI Keltiradi

101 Digital agentligi biznesingiz uchun Google Ads kampaniyalarini boshqaradi. Jamoamiz aniq targeting orqali savdoni oshiradi va ROAS ko'rsatkichini maksimallashtiradi.

ROAS
Investitsiya Qaytimi
CPA
Har Bir Xarid Narxi
LTV
Mijoz Qiymati
ROAS 850%
Konversiya
4.8%
Boshlovchilar Uchun

Performans Marketing Nima Degani?

Murakkab atamalarni oddiy tilda tushuntiramiz.

SMM va Performans Marketing: Farqi Nimada?

Ko'pchilik bu ikkisini adashtiradi.

  • SMM Maqsad: Obuna (Like), Kommentariya, Brendni tanish.
    Sotuv to'g'ridan-to'g'ri bo'lmasligi mumkin.
  • Performans Maqsad: Aniq Aniq Natija (Lid, Qo'ng'iroq, Xarid).
    Har bir sarflangan $1 evaziga $3-$5 foyda olish.

Oddiy Misol

📢
SMM
"Bizda aksiya bor!"
vs
🎯
Performans
"Shu mahsulotni hozir sotib ol"

Performans marketingda biz mijozni qo'lidan ushlab, to'lov kassasigacha olib boramiz.

"Pixel" Nima va Nega Kerak?

Tasavvur qiling, do'koningizga kirgan har bir odamni eslab qoladigan "raqamli kamera" bor.

Pixel — bu saytingizga o'rnatiladigan kichik kod. U quyidagilarni biladi:

  • Kim saytga kirdi?
  • Qaysi mahsulotni ko'rdi?
  • Savatga soldi-yu, lekin sotib olmadi?

Foydasi: Keyinchalik biz shu odamlarni topib, "Siz savatda mahsulot qoldirdingiz" deb reklama ko'rsata olamiz.

Sizga Kerakmi?

Bu Xizmat Qachon Kerak?

Agar quyidagi vaziyatlardan biriga duch kelayotgan bo'lsangiz, biz sizga yordam bera olamiz.

Saytingiz bor, lekin savdo yo'q

Chiroyli sayt yetarli emas. Unga to'g'ri mijozlarni olib kirish va ularni xaridorlarga aylantirish kerak.

Reklama qilyapsiz, lekin foyda yo'q

Byudjet sarflanyapti, lekin qaytib kelayotgan daromad (ROI) sizni qoniqtirmayapti. Strategiya o'zgarishi kerak.

Lidlar juda qimmatga tushyapti

Har bir mijozni jalb qilish narxi kundan-kunga oshib bormoqda. Samaradorlikni oshirish zarur.

Raqobatchilar sizdan faolroq

Internetda hamma joyda raqobatchilaringiz ko'rinadi, siz esa yo'qsiz. Raqamli mavjudlikni oshirish vaqti keldi.

Xizmatlar

Bizning Reklama Yechimlarimiz

Faqatgina kliklar emas, haqiqiy savdolar va o'lchanadigan natijalar.

Google Ads (Qidiruv Reklamasi)

Mijozlaringiz mahsulotingizni qidirayotgan paytda ularning oldida bo'ling. "Intent-based" marketing orqali eng issiq mijozlarni tutamiz.

Biz nima qilamiz: Semantik o'zen (kalit so'zlar) yig'amiz, raqobatchilarni tahlil qilamiz va eng yuqori konversiya beruvchi so'zlarga pul tikamiz. Sifatli trafik, yuqori ROI.

Ad

Targeting Reklamasi (Meta & TikTok)

Mijozlar sizni qidirmasa ham, biz ularni topamiz. Sun'iy intellektga asoslangan targeting algoritmlari orqali ideal mijoz portretiga mos keluvchi insonlarga reklamangizni ko'rsatamiz.

Strategiya: Sovuq auditoriyani qizdirish, qiziqish uyg'otish va retargeting orqali xaridga undash. Vizual va kreativ kontentga urg'u beramiz.

Retargeting & Qayta Marketing

Saytingizga kirib, xarid qilmay ketgan 98% insonlarni qaytaramiz. Ular ijtimoiy tarmoqlarda, boshqa saytlarda yurganda sizning mahsulotingizni yana ko'rishadi.

Natija: Reklama byudjeti tejaladi, chunki bu odamlar sizni taniydi. Konversiya narxi (CPA) 2-3 barobar arzonlashadi.

Haqiqat

Afsona va Haqiqat

Afsona:

"Reklama yoqishim bilan telefonim portlab ketadi."

Haqiqat:

"Reklama — bu jarayon. Birinchi haftada biz test qilamiz, auditoriyani o'rganamiz. Barqaror natija 2-3 haftadan keyin boshlanadi."

Jarayon

Ishlash Bosqichlari

Tasodifiy harakatlar emas, tizimli yondashuv.

01

Audit va Strategiya

Raqobatchilarni o'rganamiz, Unit-iqtisodiyotni (CPA, LTV) hisoblaymiz va media-rejani tuzamiz.

02

Texnik Sozlash

Barcha analitika tizimlari (GA4, Pixel, Conversion API) o'rnatiladi. Har bir klik va xarid nazoratda.

03

Kreativ va Test

Turli xil reklama matnlari va bannerlar yaratamiz. Qaysi biri yaxshi ishlashini A/B test orqali aniqlab olamiz.

04

Masshtablash (Scaling)

Eng yaxshi natija bergan reklamalarga byudjetni oshiramiz va foydani maksimallashtiramiz.

Natijalar

Nimalarga Erishasiz?

+300% ROAS O'sishi

Reklama xarajatlarining qoplaish darajasi o'rtacha 3 barobarga oshadi.

Aniq Lidlar Oqimi

Sizning mahsulotingizga qiziqqan, "issiq" mijozlar bazasi shakllanadi.

100% Shaffoflik

Har bir so'm qayerga ketayotganini shaxsiy kabinet orqali kuzatib borasiz.

Eng Ko'p Beriladigan 20 Savol

Boshlovchilar uchun to'liq qo'llanma

A. Asosiy Tushunchalar

Bu natajaga asoslangan marketing. Siz "chiroyli rasm" uchun emas, aniq natija (lid, qo'ng'iroq, sotuv) uchun pul to'laysiz. Maqsad — har bir kiritilgan dollardan foyda olish.

SMM brendni tanitish, obunachi yig'ish va kontent bilan ishlashga qaratilgan. Performans marketing esa faqat sotuv va aniq raqamlarga (ROI, ROAS) qaratilgan.

Bu odamlar Google'da biror narsa qidirganda chiqadigan reklama. Masalan, "plastik oyna Toshkent" deb yozganda sizning saytingiz birinchi bo'lib chiqadi.

Bu reklamaning ma'lum bir insonlar guruhiga (yoshi, qiziqishi, joylashuvi) ko'rsatilishi. Masalan, faqat "biznesmenlar" yoki "yosh onalar"ga reklama berish mumkin.

SEO — bu bepul, lekin sekin (3-6 oy) natija beradi. PPC (reklama) — bu pullik, lekin darhol (24 soat) natija beradi. Biz bizneslarga ikkalasini ham tavsiya qilamiz.

B. Moliya va To'lovlar

Minimal start uchun $300-$500/oy tavsiya etiladi. Lekin bu raqam sizning maqsadingizga bog'liq. Qancha ko'p mijoz kerak bo'lsa, shuncha byudjet kerak.

Bizning xizmat haqimiz reklama byudjetidan tashqari to'lanadi. Odatda bu fiks narx yoki byudjetning % ulushi. Aniq narxni auditdan keyin aytamiz.

Google va Facebook ga to'g'ridan-to'g'ri Visa/Mastercard korporativ kartangizdan to'lov qilasiz. Bizga esa shartnoma asosida pul o'tkazish (perechislenie) mumkin.

Yo'q, biz "kunlik limit" o'rnatamiz. Masalan, kuniga $10 deb belgilasak, Google/Facebook undan ortiq yechmaydi. Xarajat to'liq nazoratda bo'ladi.

Reklama platformalariga (Google/Meta) to'langan pul qaytarilmaydi. Bizning xizmatimiz esa natijaga yo'naltirilgan. Agar biz tomondan xato o'tsa, kompensatsiya ko'rib chiqiladi.

C. Jarayon va Natijalar

Reklama tasdiqlangandan keyin (odatda 24 soat ichida) birinchi tashriflar va qo'ng'iroqlar boshlanadi. Lekin barqaror va arzon lidlar kelishi uchun tizim 2-3 hafta "o'qishi" (learning phase) kerak.

Biz trafik sifati va to'g'ri sozlamalarga kafolat beramiz. Lekin "ertaga 100 ta sotuv bo'ladi" deb hech kim (hatto Google ham) kafolat berolmaydi, chunki bu sizning mahsulotingiz va menejerlaringizga ham bog'liq.

Bizda shaffoflik 1-o'rinda. Sizga har hafta va har oy oxirida batafsil hisobot beramiz. Bundan tashqari, real vaqt rejimida kuzatish uchun Dashboard ulab beramiz.

Bo'ladi, "Promote" tugmasini bosish oson. Lekin professional kabinetda (Ads Manager) yuzlab funksiyalar bor. Noto'g'ri sozlama tufayli byudjetingizni 50-70% qismini shunchaki havoga sovurishingiz mumkin.

Google Ads uchun — ha, albatta. Facebook/Instagram uchun — shart emas, "Lid forma" yoki "Direct" ga reklama yoqsak bo'ladi. Lekin sayt bo'lsa, natija 2x yaxshi bo'ladi (Pixel hisobiga).

D. Texnik Savollar

Ha, juda muhim. Pikselsiz reklama — ko'zi bog'liq holda o'q otishdek gap. U bizga kim sotib olganini, kim qiziqqanini ko'rsatadi.

Muammo emas. Bizning dizaynerlarimiz va kopirayterlarimiz siz uchun sotuvchi bannerlar va matnlar tayyorlab berishadi.

Aksiyalar — performans marketing uchun eng zo'r vosita. Biz aksiya uchun alohida e'lonlar yaratamiz va "shoshilinchlik" (urgency) hissini uyg'otamiz.

Albatta. B2B da biz LinkedIn va Google Qidiruv tarmog'idan foydalanamiz. Qaror qabul qiluvchi shaxslarni (Direktor, Ta'minotchi) topish bizning ishimiz.

Ha, biz "Facebook Ad Library" va maxsus servislar orqali raqobatchilaringiz qanday reklama qilayotganini tahlil qilib beramiz.